Toshkent viloyatida 28 yoshli ayol 5-qavatdan o‘zini tashladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 13:58
Bosh prokuraturaning UzNews.uz`ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 27 mart kuni soat 21:30 larda Bekobod tumani “Dalvarzin” MFYda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan N.X. yashash xonadonining 5-qavatidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida N.X.ning yashash xonadonidan uning bir dona “Redmi 6A” rusumli telefon apparati olingan. Marhumaning vafot etgan holati yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Ma’lumotga ko‘ra, marhuma ayolning ikki nafar farzandi bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Shuningdek, mazkur voqea to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqda xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, uning yaqinlari ayolning turmushi notinch bo‘lganini, eri vahshiylarcha kaltaklab kelganini aytishgan. 9 yillik turmushning bor-yo‘g‘i 3 yilini erinikida yashagan. Lekin shu orada 3 marta himoya orderi berilgan bo‘lsa ham zo‘ravonga biror chora ko‘rilmagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati