O‘rmon landshaftlarini tiklashga 205 mln dollar ajratiladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 13
- Формат: mp4
- Дата релиза: 01-04-2024, 13:56
Loyihaning umumiy qiymati 205,45 mln AQSh dollarini, shu jumladan Loyihadagi O‘zbekistonning ulushi 52,45 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi hamda jalb etilgan qarz mablag‘lari va grantlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
● "O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash" loyihasining texnik-iqtisodiy parametrlari; ● "O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash" loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablag‘laridan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali; ● "O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"; ● loyiha doirasida Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.