PSV Barselona himoyachsini sotib olmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 13:06
PSVda ijara asosida o‘ynayotgan "Barselona" himoyachisi Serjinyo Dest Eyndxonevliklarning doimiy o‘yinchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, PSV kelasi mavsumda Destga umid qilmoqda. PSV kataloniyaliklardan amerikalik himoyachini sotib olishga tayyor. Potensial kelishuv 10 million yevroga baholanmoqda.

2023 yilning avgustida "Barselona" himoyachisi Serjinyo Dest ijara asosida PSVga o‘tdi. Ijara 2024 yil iyungacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Destning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Oldinroq himoyachi "ko‘k-anorranglilar" safiga qaytmasligini ma’lum qilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati