Jizzaxda beton to‘siqqa urilgan yuk mashinasi yonib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 13:06
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 2024 yil 16 mart kuni soat 10:30lar atrofida Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 983-kilometrida yuk avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni qarama-qarshi oqimini ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv natijasida yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etish choralari ko‘rildi. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB JXX YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati