Samarqandda narkokuryer talaba 14 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 13:26
Ma’lum qilinishicha, narkokuryer talaba Samarqand davlat iqtisodiyot va servis universitetining 5- bosqich talabasi bo‘lgan. U o‘tgan yili oktyabr oyining oxirlarida Urgut tumanida asli Tojikistonlik Sancho ismli yigit bilan tanishib qolgan.

Tojikistonlik Sancho WhatsApp orqali unga qo‘ng‘iroq qilib, O‘zbekistonga olib o‘tiladigan giyohvandlik vositalarini qabul qilib, uni ko‘rsatilgan manzilga olib borib berishga kelishadi.

"Unga o‘qishim, kontrakt to‘lashim kerakligini aytgandim. U menga yordam berishini aytdi. Qo‘ng‘iroq qilganda, o‘ziz olib borib bersangiz ham bo‘lardiku, noqonuniy narsa yo‘qmi, deb so‘radim. U esa menga yo‘q degandi",- deydi sudlanuvchi yigit.

Sancho ismli yigit xizmat haqqi evaziga sudlanuvchiga 1000 AQSh dollari berishni va’da qilgan.

Aniqlanishicha, giyohvandlik vositasi daraxt tagiga yashirilgan bo‘ladi. Sudlanuvchi shu kuni tungi soat 12:20 atrofida o‘ziga biriktirgan vazifani bajarish uchun manzilga keladi.

Sudlanuvchi yigit yo‘l chetidagi daraxtlar tagiga yashirilgan paket ichida 5 dona o‘ramdagi og‘irligi 5 kg «opiy» giyohvandlik vositasini olgan vaqtida organ xodimlari omonidan qo‘lgan olingan.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Jomboy tumani sudida ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, sudlanuvchi yigitga nisbatan JKning 59-moddasiga tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati