Usik — Fyuri boks oqshomining asosiy kardi ma’lum

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 13:18
Promouterlar 18 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladigan boks oqshomining asosiy kardini tasdiqlashdi.

Turnirning markaziy jangi superog‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun bo‘lib o‘tadi. Unda WBC chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri (34-0-1, 24 KO) qolgan uchta asosiy yo‘nalish kamarlari sohibi, ukrainalik Aleksandr Usik (21-0, 14 KO)ka qarshi ringga ko‘tariladi.

Oqshomning co-main event jangida latviyalik Mayris Briyedis (28-2, 20 KO) avstraliyalik Jay Opetayya (24-0, 19 KO) bilan to‘qnash keladi. Ushbu jang g‘olibi birinchi og‘ir (90,7 kg.gacha) vaznda vakant bo‘lib turgan IBF chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi yarimengil (59 kg.gacha) vaznda IBF chempioni britaniyalik Jo Kordina (17-0, 9 KO) o‘z kamarini irlandiyalik Entoni Kakache (21-1, 7 KO)dan himoya qiladi.

Superog‘ir vazn kashfiyotlaridan biri kubalik Frenk Sanches (24-0, 17 KO) yana bir mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan germaniyalik bokschi Agit Kabayel (24-0, 16 KO) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.

Yarimog‘ir (79,4 kg.gacha) vazn toifasida uch marotaba jahon chempioni bo‘la olgan rossiyalik Sergey Kovalyov (35-4-1, 29 KO) navbatdagi jangini birinchi og‘ir (90,7 kg.gacha) vaznda o‘tkazadi. Ushbu jangga tayyorgarlikni O‘zbekistonda boshlagan Kovalyov Ar-Riyoddagi oqshomda shvesiyalik Robin Safar (16-0, 12 KO)ga qarshi ringga chiqadi.
Yarimengil vaznda britaniyalik iqtidor egasi (61,2 kg.gacha) Mark Chemberleyn (15-0, 11 KO) nigeriyalik Joshua Vaxab (23-1, 16 KO)ni sinovdan o‘tkazadi. Aynan shu jang asosiy kardni ochib beradi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati