Manchester Siti muxlislari narx oshishidan norozi (foto)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 13:06
"Manchester Siti" muxlislari keyingi mavsumdan boshlab abonementlar narxi oshishidan norozi.

Abonementlar narxlari o‘rtacha 5 foizga oshadi.

"Arsenal" bilan uy uchrashuvi (0:0) arafasida "shaharliklar" muxlislaridan biri narxlarning oshishiga qarshi norozilik namoyishi uyushtirib, tribunaga bannerni yoyib: "Rekord daromad bilan narxlarni rekord darajaga ko‘tarish. Sadoqatimizdan foyda olishni bas qiling!"

Biroq "Etihad" stadionida ishlaydigan styuardlar tribunadagi bannerni olib tashlashdi va muxlislarning so‘zlariga ko‘ra, uni tortib olishdi.

Keyinroq klub vakillari banner o‘z egalariga qaytarilishini, biroq reklama taxtasi va tabloning bir qismini qoplagani uchun uni olib tashlashga to‘g‘ri kelgani haqida xabar berishdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati