Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan qiymati 444 mln so‘mlik avtomobil xarid qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 13:00
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan 444 mln so‘mga bir dona “BYD SONG PLUS” avtotransport vositasi xarid qilingan.

“Jamg‘armaning asosiy vazifasi vaqtinchalik band bo‘lmagan aholining yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishda, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasi ob’ektlarini qurishda, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtirok etishini moliyalashtirishdan iborat ya’ni vaqtincha ishsiz aholini jamoat ishlariga jalb qilish”, – deyiladi xabarda.

Ushbu jamg‘armaga 2018 yildan beri Samadov Saloxiddin Ismatovich rahbarlik qilib keladi.

2019 yilda Moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan monitoringda ushbu Jamoat ishlari jamg‘armasi tizimida 4,7 mlrd so‘mlik noqonuniy sarf-xarajatlar aniqlangan va to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan.

Hozirgi kunda jamg‘armaning jami soliq qarzi 128 mln so‘mni tashkil qiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati