Lizingga olingan texnikalar qaytarildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 12:52
To‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagach, sudning qarori bilan shartnoma bekor bo‘lgan va 123 mln. so‘m qarzdorlik undirilishi bilan birga lizingga olingan avtotransport vositalari qaytarilishi belgilangan.

Lizing oluvchi uchun lizing ob’ektining sifat xususiyatlari ahamiyatli bo‘lsa, lizing kompaniyasi uchun muhimi esa lizing oluvchi tomonidan to‘lovlar muddatini o‘tkazib yuborilishi yoki to‘lanmasligi muammolariga duch kelmaslikdir.

Bordi-yu, shartnoma shartlariga rioya qilinmasdan to‘lovlar kechiktirilsa, shartnoma bekor qilinishi va mulklar qaytarib olinishi mumkin.

Qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyati ham lizing shartnomasiga binoan “Hamkor invest lizing” MCHJdan 4 dona HOWO rusumli avtobeton aralashtirgich, 3 dona "NEXIA 3" avtotransport vositalarini olgan.

To‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagach, sudning qarori bilan shartnoma bekor bo‘lgan va 123 mln. so‘m qarzdorlik undirilishi bilan birga lizingga olingan avtotransport vositalari qaytarilishi belgilangan.

Byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida avtotransport vositalari xatlab qo‘yildi.
Yana bir mas’uliyati cheklangan jamiyati ham “Hamkor invest lizing” MCHJ bilan shartnoma tuzib, to‘lov shartlarini buzgan. Oqibatda iqtisodiy sud tomonidan berilgan da’voni ta’minlash ajrimi bilan olingan 2 dona HOWO va yuk ko‘tarish texnika vositalari xatlangan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati