Chelsi Pochettinoni mavsum yakuniga qadar iste’foga chiqarmasa kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 12:46
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni mavsum yakuniga qadar iste’foga chiqarmoqchi emas. Jurnalist Devid Ornshteynning ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik mutaxassis yaqin orada iste’foga chiqarilishi dargumon.

Ma’lum qilinishicha, "Chelsi" rahbariyati mavsum yakunida Pochettinoning ishiga baho beradi, shundan so‘ng argentinalik mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishga arziydimi, degan qarorga keladi.

Pochettino qo‘l ostidagi “Chelsi” fevral oyida Liga kubogi finaliga chiqdi va u yerda “Liverpul”ga imkoniyatni boy berdi. Chempionatda London jamoasi turnir jadvalida o‘n birinchi o‘rinni egallab turibdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati