Pochettino Chelsining eng yaxshi futbolchisini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 12:26
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino London jamoasining eng yaxshi futbolchisi kim, degan savolga javob berdi. Argentinalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu yarim himoyachi Koul Palmer bo‘lib, u "ko‘klar"ning joriy mavsumdagi samarali harakatlari soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

"Palmer "Chelsi"ning eng yaxshi futbolchisimi? Bu aniq. U hamma uchun namuna. Ko‘rish mumkinki, jamoa qiynalayotganda futbolchilar ko‘pincha Palmerga tayanishadi", - dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Angliya Premyer-ligasining ushbu mavsumida Palmer 13 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati