O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi 7,8 f.p. kamaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 12:10
CERR UNICEF bilan birgalikda O‘zbekistondagi bolalarning monetar kambag‘alligi darajasini baholadi. Tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambag‘allik darajasiga ta’siri tahlil qilindi.

????O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi 7,8 f.p. kamaydi. Natijalarga ko‘ra, bolalar kambag‘alligi darajasi 2021 yildagi 21,5%dan 2023 yilda 13,7%gacha kamaydi.

????Qishloq joylarda bolalarning kambag‘allik darajasi 24,6%dan 14,5%gacha, shaharlarda esa 18%dan 13%gacha kamaydi.

????Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bolalar kambag‘alligi darajasi eng past bo‘lgan hududlar Navoiy viloyati va Toshkent shahri bo‘lsa, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa bolalar kambag‘alligining nisbatan yuqori ekanligi qayd etilgan.

????Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar bo‘lmasa, mamlakatda bolalar kambag‘alligi darajasi 1,6 baravar oshadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati