Zaynab Dayibekova Parij-2024 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 12:08
Haftani ajoyib yangilik bilan boshlaymiz. Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritdi.Bugun qilichbozlik sportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini jamg‘arish davri rasman yakunlandi. Quvonarlisi, sablya bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova ushbu reyting orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma oldi.Shu tariqa, Dayibekova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchisiga aylanmoqda. Qolgan yo‘nalishlardagi qilichbozlarimiz 27-28 aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o‘tadigan qit’aviy lisenzion turnir orqali yo‘llanma olishga harakat qilishadi. Shuning bilan, O‘zbekiston delegasiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan lisenziyalari 26 taga yetdi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati