Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 12:06
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Q. fuqaro B.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. fuqaro M.SH.ning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan .

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati