Farzandlari turli sohalarda katta yutuqlarga erishgan onalar taqdirlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 12:02
Bunda respublikadagi 14 ta hududning 163 ta eng chekka tuman,shaharida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarga ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va badiiy ijod kabi soha vakillaridan iborat 50 nafar “Ma’rifat” targ‘ibotchi jamiyati a’zosi jalb etildi.

Loyiha doirasida 14 ta hududdan 28 nafar onaga farzandlari turli sohalarda katta yutuqlarga erishganligi uchun “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Targ‘ibot tadbirlari doirasida tumanlarda “Ma’rifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalari tashkil etilib, 6 ming 400 dona o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat 80 turdagi kitob tarqatildi.

Milliy va umuminsoniy ahamiyatga ega axloqiy qadriyatlarni davr talablariga mos ravishda rivojlantirish orqali yetuk fuqaroni shakllantirish hamda jamiyatni har tomonlama yuksaltirish maqsadida “Etuk fuqaro konsepsiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati