Namanganda foizga pul berib, tovlamachilik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:58
Namangan viloyati Davlatobod tumanida foiz evaziga pul berib, tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlatobod tumanida yashovchi 40 yoshli fuqaro 2023 yil iyun oyida o‘zining jinoiy sherigi bilan qo‘rqitish yoki zo‘rlik ishlatish yo‘li orqali o‘zganing mol-mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Namangan shahrida yashovchi ayolga 68 million so‘mni foizga bergan.

Biroq ushbu ayol pullarni to‘liq qaytarib berishiga qaramasdan, har bir o‘tgan kun uchun qo‘shimcha foiz pul to‘lashi haqida yangi shartlar qo‘ygan. Pullarni ololmagan jinoiy guruh ayolning sochlarini olib tashlash bilan qo‘rqitib, uni urib-do‘pposlab, ruhiy tazyiq o‘tkazib, umumiy hisobda 156 million so‘mni qo‘lga kiritgan.

Shundan so‘ng ushbu kimsalar ayoldan yana sababsiz pul talab qila boshlagan. Endi qarzlar 365 million so‘mni tashkil etgan. Jabrlanuvchi holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlik uchun viloyat IIBga murojaat qilgan. Arizaga asosan 5 fevral kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida gumonlanuvchilar ayoldan kimyoviy ishlov berilgan 1000 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati