Buxoro tumanida qo‘ziqorindan bir oyda 10 million so‘m daromad qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:54
Qorong‘i va salqin xonada yetishtirilayotgan, poliyetilen qopchalarni yorib chiqib bo‘y ko‘rsatayotgan qo‘ziqorindan bir yilgi mavsumda o‘rtacha 4-5 marta hosil yetishtirish, bundan mehnatga yarasha foyda ko‘rish mumkin. Yarim sotixda boshlangan “vishenka” naviga mansub qo‘ziqorin yetishtirish orqali 15 million so‘mga yetkazib daromad olish imkoniyati allaqachon tajribada sinalgan.

Hozirda o‘zgacha uslubda, qayta ishlangan chigit sheluxasida yetishtirilayotgan xaridorbop qo‘ziqorin bir oy muddatda sotishga tayyor bo‘ladi. Bozorda har kilogramm qo‘ziqorin narxi 30 ming so‘m atrofida ekanini hisob-kitob qilganda, 300 kilogramm xushxo‘r mahsulotdan qancha foyda olinishini chamalash mumkin. Buxoro viloyati Buxoro tumani “Shexoncha” MFYda istiqomat qilayotgan Shahnoza Fayzullayevaning oilasi tansiq mahsulotni yetishtirib, moddiy manfaat ko‘rmoqda.

Ikki yil burun qo‘ziqorin yetishtirishni ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rib, qiziqib, o‘z xonadonimizda yetishtirishni boshlaganmiz. Birinchi o‘rinda, qo‘ziqorin yetishtirishda haroratga e’tibor berish, xonadagi haroratni 23 darajada saqlash lozim. Bu mahsulot ichkarida qorong‘i va zax joyda parvarish qilinsa, hosili yaxshi bo‘ladi. Chigit po‘stlog‘i—sheluxani sellofan qopchalarga joylab, unga qo‘ziqorin urug‘ini egganimizdan so‘ng 30 kun nari-berisida iste’molga yaroqli xushxo‘r qo‘ziqorin tayyor bo‘ladi. Vazni yengil bo‘lgani bilan barakali mahsulot, ham xaridorgir, — deydi Shahnoza Fayzullayeva.

Joriy mavsumda Shahnoza Fayzullayeva 500 dan ortiq maxsus qopchada qo‘ziqorin yetishtirmoqda. Yetilib tayyor bo‘lgan qo‘ziqorinning har kilogrammini 30 ming so‘mdan sotayotgan mirishkorlar oilasi oylik daromadini 10 million so‘mdan oshirishga muvaffaq bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati