Anchelotti: Manchester Sitiga qaraganda bizda o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq kun bor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:54
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YECHL chorak final bosqichida "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan qarama-qarshilik haqida gapirdi.

"Bu zamonaviy futbol. Bizning kalendarimiz raqibnikidan yaxshiroq. Birinchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun bizda ko‘proq kunlar bor. Bu borada biz "Manchester Siti"dan ustunlikka egamiz", - dedi Anchelotti Sport.es bilan suhbatda.

"Real" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi ilk uchrashuv 9 aprel kuni Madriddagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini 17 aprel kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi. Bu juftlik g‘olibi yarim finalda "Bavariya" yoki "Arsenal"ga qarshi o‘ynaydi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati