Chelsi futbolchilari Pochettinoni chopishmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:50
"Byornli" bilan omadsiz o‘yindan so‘ng "Chelsi" klubining bir qancha futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarish iltimosi bilan klub rahbariyatiga murojaat qilishdi.

Futbolchilar keyingi mavsumda klubga yangi murabbiy kelishini istashmoqda. Bu haqda HITC nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" – "Byornli" uchrashuvi o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan va 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlangandi. Hozirda "ko‘klar" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.

APLning navbatdagi turida londonliklar "Manchester Yunayted" bilan uchrashadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati