London shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi kutilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:46
Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Umidbek Safarov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi.

Elchi o‘zbekistonlik mehmonlarni tashrif bilan qutlab, tomonlar "IFE 2024" (https://t.me/uzchamber/12717)oziq-ovqat va ichimliklar xalqaro ko‘rgazmasi yakunlari bo‘yicha fikrlar bilan o‘rtoqlashishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, bu orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

???????? London shahrida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad Buyuk Britaniya bilan ishbilarmonlik va iqtisodiy aloqalarni ko‘paytirish va mustahkamlash, shu bilan birga tadbirkorlar uchun yangi biznes imkoniyatlarini ochishdir.

Uchrashuv yakunida joriy yil davomida tomonlar tarafidan hamkorlik borasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati