«Pobeda» aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:40
Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi 2024 yil 3 apreldan boshlab Moskva va Toshkentni muntazam yo‘lovchi qatnovlari bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda "Uzbekistan Airports" boshqaruv kompaniyasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Moskva — Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har kuni «Boeing» 737-800 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda aviatashuvchi Moskva — Samarqand — Moskva, shuningdek, Sankt-Peterburg — Samarqand — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha har kuni parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

«Pobeda» — Rossiyaning «Aeroflot — Rossiya havo yo‘llari» guruhiga qarashli loukoster aviakompaniya, shtab-kvartirasi Vnukovo aeroportida(Moskva) joylashgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati