• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonda inflyasiya yana pasaydi. Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxlari qanday o‘zgardi?

O‘zbekistonda inflyasiya yana pasaydi. Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxlari qanday o‘zgardi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:38
Mamlakatda yillik inflyasiya sezilarli pasayib, 2016 yildagi (7,7 foiz) ko‘rsatkichga yaqinlashdi.

O‘zbekistonda 2024 yil mart oyida yillik inflyasiya 7,98 foizni, oylik inflyasiya 0,7 foizni tashkil etdi. 2023 yil martda yillik inflyasiya ko‘rsatkichi 11,66 foiz bo‘lgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida oziq–ovqat mahsulotlari narxlari fevralga nisbatan 0,8 foizga qimmatlashgan. Shu bilan birga, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,5 foizga, xizmatlar 0,7 foizga oshgan.

Xususan, guruch va guruch oqshog‘i narxi mart oyida fevraldagiga qaraganda 0,9 foizga ko‘tarilgan. O‘tgan yilning martiga nisbatan esa 26,7 foiz qimmatlashgan.

Bug‘doy uni martda fevraldagidan 0,9 foizga oshgan, suyakli mol go‘shti 0,2 foiz, qo‘y go‘shti 0,1 foizga arzonlashgan.

Bahorning ilk oyida sut (yangi sog‘ilgan) fevraldagi narxidan 2,6 foiz, shakar 1,9 foizga qimmatlashgan.
Kungaboqar yog‘i martda qishning oxirgi oyidagi narxidan 0,1 foiz, o‘tgan yilning martidagidan 17,8 fozi arzonlashgan.
Bulg‘or qalampiri narxi martda fevraldagidan 23,4 foizga o‘sdi va bu qolgan mahsulotlar narxlariga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.
Asosiy oziq–ovqat mahsulotlaridan kartoshka narxi fevraldagidan 1,3 foiz, piyoz —1,7 foiz, sabzi —3,4 foiz qimmatlashgan.
Kiyim va poyabzal mahsulotlari narxi martda fevraldagidan 0,4 foiz, turar joy uchun ijara narxlari 0,4 foiz oshgan. Elektr, gaz va yoqilg‘ining boshqa turlari narxi oshmagan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati