Isko Jironadan uchralgan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:38
"Betis"ning yetakchi futbolchilaridan biri Isko Ispaniya chempionatining 30-turi doirasidagi "Jirona" bilan safar uchrashuvidan (2:3) so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

"Mag‘lubiyatga uchraganimiz juda achinarli. Menimcha, jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. O‘yin oson bo‘lmasligini tushundik. Hozir "Betis" yomon dinamikada, biz yaqin orada hammasini tuzatishimiz kerak", - dedi Isko Marca bilan suhbatda.

Kechagi mag‘lubiyatdan keyin "Betis" 42 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Joriy mavsumda Isko 24 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati