• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonlik ekspertlar Turkiyaning yirik farmasevtika kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekistonlik ekspertlar Turkiyaning yirik farmasevtika kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 48
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 12:58
Yurtimizda farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish va istiqbolli xalqaro hamkorlik ishlarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu kabi ilg‘or maqsadlar yo‘lida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov boshchiligidagi delegasiyas Turkiyada bo‘lib turibdi. Yurtimiz delegasiyasi Istanbul shahridagi TOBB binosida "Abdi Ibrahim", "TERRA", "EastFarma", "TISD", "Atabay", "Kocak Farma", "Ali Raif" kabi yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi, deyiladi agentlik ma’lumotida.

Tadbir davomida ishtirokchilar yurtimiz farmasevtika sanoati bilan yaqindan tanishib, sohasini tartibga solish mexanizmlari, xususan, farmasevtika bozori, referent narxlar hamda investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shuningdek, delegasiya vakillari Turkiyaning IEIS-Farmasevtika sanoati uyushmasi ishlab chiqaruvchilari bilan ham uchrashib, ushbu davlat farmasevtika sanoatining bugungi holati bilan tanishishdi.

O‘zaro tajribalar almashish jarayonida farmasevtika sanoati nazorat organlarining xalqaro standartini joriy etish tizimlarini o‘rganishdi. Tadbirlar yakunida vakillarimiz Istanbuldagi "Abdi Ibrahim" korxonasining ishlab chiqarish maydonini ko‘rdi va to‘liq sikli bilan tanishib, avtomatlashtirish tizimlari hamda mexanizmlari haqida ma’lumot oldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati