• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Istanbul shahrida O‘zbekiston milliy qadriyatlari, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlagan davra suhbati tashkil etildi

Istanbul shahrida O‘zbekiston milliy qadriyatlari, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlagan davra suhbati tashkil etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:34
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Istanbul shahrida "Bosfor Global Media" kompaniyasi bilan birgalikda Navro‘z bayrami va mamlakatimizning sarmoyaviy hamda sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda siyosiy, ilmiy-akademik, ekspert-tahlil va ishbilarmon doira vakillari, Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston va Turkmanistonning Istanbuldagi bosh konsullari va diplomatlari, yirik tadbirkor va nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, "Bosfor Global Media", "Anadolu", "Demiroren", "Sputnik" kabi axborot agentliklari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston bosh konsuli Sherzod Abdunazarov tadbir avvalidagi nutqida Navro‘z bayrami tarixi, ushbu ayyomning o‘tmishda va bugungi kunda xalqlar orasida do‘stlik hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida, shuningdek, O‘zbekistonning investisiyaviy va turistik salohiyati, xorijiy kompaniyalar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Qoraqalpog‘istonning boy tarixi va tabiati, investisiyaviy va sayyohlik salohiyati, ayniqsa "Nukus" erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Madaniyat, birdamlik va hamkorlik jamiyati rahbari Chokay Kojar o‘z nutqida, xorijdagi vatandoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni yuqori baholadi.
Yig‘ilganlar e’tiboriga O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Unda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlarimizda sayyohlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar to‘g‘risidagi muhim ma’lumotlar qayd etildi.
Tadbir yakunida, muborak Ramazon oyi munosabati bilan yig‘ilganlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati