Seul polisiya agentligi bilan hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:32
O‘zbekiston elchixonasi vakillari Seul polisiya agentligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Seul polisiya agentligi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi faollashgan hamkorlikning ijobiy dinamikasini qayd etdilar. Videokonferensiya va tashriflar almashinuvi muntazam ravishda, shu jumladan boshqaruv darajasida ham o‘tkazilmoqda. Janubiy koreyalik mutaxassislar tomonidan ko‘proq qiziqish uyg‘otadigan yo‘nalishlar bo‘yicha mahorat darslari va seminarlar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Uchrashuvda tomonlar idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirdilar. Shuningdek, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining Seulga amaliy safarini tashkil etishga kelishib oldilar.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegasiyasi Seul polisiya agentligi faoliyati bilan har tomonlama tanishish va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati