Shahrisabzda mast fuqaro tanishini otib qo‘ydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:22
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida mast fuqaro tanishini otib qo‘ydi. Qotillik qo‘lbola usulda yasalgan qurolda sodir etilgan. Bu haqda “Daryo” so‘roviga javoban Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlashtirilishicha, qotillik voqeasi 2024 yilning 29 mart kuni taxminan 19:30 da sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, ulfatlar kafeda yana spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda bazm pulini to‘lash ustida tortishib qolgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, sherigiga o‘q uzgan U.SH. hodisa joyidan qochmoqchi bo‘lib, avtomobilida ketayotgan paytda voqea joyidan taxminan 500 metr uzoqlikda bo‘lgan IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati