Angren IES yarim milliarddan ko‘proq kompensasiya to‘laydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 48
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 12:56
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan “Angren issiqlik elektr stansiyasi” (Angren IES) faoliyati tekshirildi.

Tekshiruv davomida korxonaning 1- va 3-manbalaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalar tarkibini o‘rganish bo‘yicha tahlil namunalari olindi. Natijada 1-manbada uglerod oksidi belgilangan me’yordan 4,37 barobar (8,3209 g/s (1,9022 g/s), azot oksidi 7,68 barobar (31,7488 g/s (4,1321 g/s), 3-manbada esa azot oksidi me’yordan 15,24 barobar yuqori ekani (42,3119 g/s (2,7757 g/s) ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha o‘tgan 2023 yil 4-choragi va 2024 yil yanvar-fevral oylarida atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalar me’yoridan oshgani uchun qo‘shimcha ravishda 140 million 781 ming 348 so‘m kompensasiya to‘lovi belgilandi. Shuningdek, IESga 2022–2023 yillardagi faoliyati davomida atmosfera havosiga tashlangan tashlamalar va ko‘mir kuli chiqindisi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 apreldagi tegishli qaroriga asosan hisob-kitob qilingani ko‘rib chiqilganda, korxonaning chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi hisobga olinmagani sababli 2022 yil uchun qayta hisob-kitob qilindi va qo‘shimcha ravishda 263 million 739 ming 791 so‘m va 2023 yil uchun qo‘shimcha ravishda 129 million 162 ming 386 so‘m kompensasiya to‘lovi hisoblandi.

Korxonaga nisbatan atmosfera havosiga yetkazilgan zarar uchun jami 533 million 683 ming 525 so‘m kompensasiya to‘lovi belgilandi. Bundan tashqari, tekshiruv ishlariga to‘sqinlik qilgan Angren IES xodimi D.M.ga nisbatan MJtKning 197-moddasi prim 6-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborish uchun tayyorlanmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati