O‘zbekistonda dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:06
O‘zbekistonda tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari to‘g‘risidagi xabardorlik darajasi oshiriladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Senatning ellik birinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinib, ma’qullangandi. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida mazkur qonun bilan “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga dori moddalarini (substansiyalarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibining bekor qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Shu bilan birga “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga dori vositalarini resept bilan yoki reseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash vakolatini Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklovchi, shuningdek, reseptsiz yoki shifokor resepti bo‘yicha beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborotni ularning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda hamda tibbiy amaliyotda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat reestrida ko‘rsatish talabini joriy etuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, import o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonunga yuridik shaxslarga IV ro‘yxat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni tegishli lisenziyalarga asosan ishlab chiqarish va tayyorlash huquqini beruvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Senatorlarning ta’kidlashicha, qonun aholining va tadbirkorlik sub’ektlarining tibbiy amaliyotda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari to‘g‘risidagi xabardorlik darajasini oshirishga, shuningdek, investorlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga xizmat qiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati