Chilonzor tumanida uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 11:00
Toshkentning Chilonzor tumanida 31 mart kuni soat 22:45 larda ikkita Cobalt va Nexia-3 ishtirokida YTH yuz berdi.

Poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, Seul ko‘chasida 2002 yilda tug‘ilgan M.G. boshqaruvidagi Cobalt, 1994 yilda tug‘ilgan M.P. boshqaruvidagi Nexia-3 va 1982 yilda tug‘ilgan D.B. boshqaruvidagi Cobalt to‘qnashgan.

Oqibatda Cobalt haydovchisi M.G. va Nexia-3 haydovchisi M.P. tan jarohat olgani sababli shifoxonaga olib ketilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu avtomashinalarning yo‘l-transport hodisasidan keyingi holati aks etgan videolar tarqaldi.

Ayni paytda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati