Turkiyada muxolif partiya 20 yil ichida ilk bor saylovlarda g‘alaba qozondi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 10:48
31 mart kuni bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda Turkiyaning muxolifatdagi "Jumhuriyat Xalq" partiyasi so‘nggi 20 yil ichida ilk bor hukmron partiyani mag‘lub etdi.

Turkiyaning barcha 81 viloyatida munisipal saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda mamlakatning 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolari qatnashishi mumkin edi. Bu jami 61,4 million kishi degani.

Ovoz berish natijalari e’lon qilingach, Erdo‘g‘on Anqarada o‘z tarafdorlariga murojaat qildi.

"Afsuski, munisipal saylovlarda biz xohlagan va kutgan natijaga erisha olmadik", — dedi u.

Anadolu agentligining yozishicha, protokollarning 93 foizi sanab chiqilgach, munisipal saylovlarda "Jumhuriyat Xalq" partiyasi 37,4 foiz, hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi esa 35,7 foiz ovoz olgan. Uch yirik shahar – Anqara, Istanbul va Izmirning muxolifatdagi merlari saylovlardan keyin o‘z lavozimlarini saqlab qoladilar.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati