Manchester Sitining 57 o‘yindan iborat golli seriyasi yakunlandi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 01-04-2024, 10:46
Angliya Premyer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda "Manchester Siti" va Londonning "Arsenal" klublari 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, "shaharliklar"ning 57 o‘yindan iborat golli seriyasi ushbu uchrashuvda yakunlandi.
E’tiborli tomoni, ushbu seriya 754 kun davom etdi. Gvardiola shogirdlari oxirgi marta 2022 yili Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida Lissabonning "Sporting" jamoasiga (0:0) qarshi o‘yinda gol ura olmagandi.
Ayni vaqtda "Manchester Siti" 64 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. "Liverpul" 67 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Arsenal" 65 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.