Yevropaning eng qimmat tarkibga ega jamoalari reytingi e’lon qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 10:38
Transfermarkt portali ekspertlari Yevropadagi eng qimmat tarkibga ega jamoalar reytingini taqdim etdi. Birinchi o‘rinni Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi egalladi.

"Manchester Siti" futbolchilarining umumiy qiymati 1,2 milliard yevroni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Londonning "Arsenal" klubi joylashgan. "Kanonirlar" futbolchilarining qiymati 1,12 milliardga baholanmoqda.

Kuchli uchlikni "Real" yopdi – 1,04 mlrd.

Transfermarkt reytingida keyingi o‘rinlarda "PSJ" (1,02 milliard yevro), "Bavariya" (929 million), "Chelsi" (928), "Liverpul" (921), "Barselona" (840), "Tottenxem" (777) va "Manchester Yunayted" (734) klublari joylashgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati