Anchelotti Kapelloning 27 yilgi avvalgi natijasini takrorladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 09:52
Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" Ispaniya chempionatida qatorasiga 24 uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmayapti (18 g‘alaba, 6 durang). Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Ispaniya La ligasining 30-turida "Atletik Bilbao"ni mag‘lub etgan (2:0) "Real Madrid" jamoasining so‘nggi 27 yildagi eng yaxshi seriyasini takrorladi. Bunday natijaga oxirgi marta italiyalik mutaxassis Fabio Kapello boshchiligidagi "Los-Blankos" 1996/1997 yilgi mavsumda erishgan edi. O‘shanda "Real" 16 uchrashuvda g‘alaba qozongan va 8 uchrashuvda durang qayd etgan.

Ispaniya chempionatining 30-turidan so‘ng “Real” 75 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida, "Atletik" Ispaniya La Ligasida 56 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati