So‘nggi 9 yil ichida Fransiyada 70 dan ortiq teraktning oldi olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 07:52
Fransiya Ichki ishlar vazirligi 2015 yildan buyon 74 ta terakt sodir etishga urinishning oldini oldi.

Bu haqda respublika ichki ishlar va xorijdagi hududlar vaziri Jerald Darmanin LCI telekanalida ma’lum qildi.

“Yil boshidan buyon Fransiyada 3 ta, 2015 yildan beri esa jami 74 ta teraktning oldi olindi”, — dedi Darmanin.

Unga ko‘ra, “radikal islom”ga moyil shaxslar ro‘yxatidan 1 mingga yaqin kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Ichki ishlar vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, ayni paytda ushbu ro‘yxatda 4,2 mingga yaqin odam bor, ulardan “800 ga yaqini xavf tug‘diradi”.

Fransiyada teraktlardan maksimal ogohlantirish rejimi joriy etildi. Ichki ishlar vazirligi mutaxassislarining fikricha, Olimpiya o‘yinlariga bir necha oy qolganda terror tahdidi hech qachon hozirgidek kuchli bo‘lmagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati