Turkiyada munisipal saylovlardan keyin ovozlarning 99 foizdan ortig‘i hisoblab chiqildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 07:44
Turkiyada 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan munisipal saylovlarda 99,37 foiz ovoz sanab bo‘lingan.

Bu haqda Turkiya Oliy saylov kengashi (MSK) xabar berdi.

Natijalarga ko‘ra, muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi (CHP) 37,71 foiz ovoz to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) ikkinchi o‘rinda, saylovchilarning 35,53 foizi uning nomzodlariga ovoz bergan.

CHP nomzodi Mansur Yavas poytaxt Anqarada 60,29 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Istanbulda ham muxolifat nomzodi Ekrem Imomo‘g‘li 51,05% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

AKPdan 24, CHPdan 35 nomzod mamlakatning turli shaharlari hokimligiga saylangan bo‘lib, ulardan 12 nafari yirik shaharlar va 14 nafari munisipalitetlarda g‘alaba qozongan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati