Ramzan Qodirovning oti Dubaydagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 01-04-2024, 07:42
Otni chechenistonlik ot egasi Hamzat Zakayev parvarish qilgan. Poygada umumiy mukofot jamg‘armasi 2 million dollarni tashkil etadi. Birinchi o‘rin g‘olibi 1,16 million dollar miqdorida mukofot oladi.
Tuz yetti yoshda. U 2019 yil Pyatigorskdagi ikkita umumrossiya ot poygasida debyut qilgan va u yerda g‘alaba qozongan. O‘sha yili Chechenistonda ot sporti asoschisi Said-Husayn Zakayev Checheniston rahbariga bu otni sovg‘a qilgan.
“Ushbu otni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga uning yaqin hamkori, do‘sti va mamlakatdagi ot sporti asoschisi Said-Husayn Zakayev sovg‘a qilgan. Ramzan Axmatovich avvalroq Said-Husayn tufayli ot sportiga qiziqqanini ta’kidlagandi. 2021 yilda Tuzni Dubayga olib ketishgan va u shu kungacha o‘sha yerda o‘ynamoqda”, — deydi “Axmat” klubi bosh murabbiyi Axmat Iso Babuyev.