Fransiya 46 ta davlatdan Olimpiya o‘yinlarida xavfsizlikni ta’minlashda yordam so‘radi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 07:40
Fransiya 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari xavfsizligini ta’minlash uchun 46 davlatdan yordam so‘radi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Murojaatda ushbu davlatlardan 2000 dan ortiq huquq-tartibot xodimlarini taqdim etish so‘ralgan. Hozirgacha 35 davlat ijobiy javob bergani aytilmoqda.

“Bu yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga mezbon mamlakatlarning klassik yondashuvidir”, — dedi Fransiya Ichki ishlar vazirligi.

Manbaga ko‘ra, muntazam huquqni muhofaza qilish organlaridan tashqari, Fransiya Mudofaa vazirligi xorijiy davlatlardan o‘yinlarda “juda aniq” vazifalarni bajarishda yordam bera oladigan “aniq sonli” harbiy xizmatchilarni, jumladan, itlar jamoasini so‘ragan.

Fransiya tadbirda himoyani kuchaytirish uchun har kuni taxminan 45 ming polisiya va xavfsizlik kuchlarini, 20 ming xususiy qo‘riqchi va 15 mingga yaqin harbiyni joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Reuters agentligi Fransiya hukumatidagi manbaga tayanib, ayni damda 35 davlat yordam berishga tayyorligini bildirganini xabar qilmoqda. Mazkur so‘rovlardan tashqari, Isroil va AQSh o‘z xavfsizlik kuchlarini ham jo‘natadi.
2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari Fransiyada o‘tkaziladigan eng yirik tadbirga aylanadi. O‘yinlarni dunyo aholisining yarmidan ko‘pi tomosha qiladi. Musobaqada 22 ta shahar ishtirok etadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati