Ronaldu Saudiya chempionatida bir mavsumda gollarda ishtirok etish bo‘yicha rekordga yaqinlashmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 07:06
30 mart, shanba kuni Saudiya Arabistoni oliy ligasining 25-turida “An-Nasr” o‘z maydonida “At-Tai”ni mag‘lub etdi – 5:1.

Mezbonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi va xet-trik qayd etdi. Shu tariqa, 39 yoshli portugaliyalik chempionat tarixida bir mavsumda 35 ta golda ishtirok etgan ikkinchi futbolchiga aylandi – Krishtianu 26 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu borada rekord "Al-Ittihod" hujumchisi Abderrazaq Amdallaga tegishli. U 2018/19 yilgi mavsumda 43 ta golda qatnashgan - 34 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Chempionat tugashiga 9 ta o‘yin qoldi, marokashlik futbolchining rekordini yangilash uchun Krishtianu 9 ta golda ishtirok etishi kerak.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati