«PSJ» Liga1'da ketma-ket 22-o‘yinni mag‘lubiyatsiz yakunladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 05:18
31 mart, yakshanba kuni “PSJ” safarda “Marsel” ustidan g‘alaba qozondi. Fransiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan o‘yin 2:0 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘ldi. Gol mualliflari Vitinya va Gonsalu Ramush bo‘lishdi.

Luis Enrike shogirdlari uchun bu uchrashuv Fransiya 1-ligasida ketma-ket mag‘lubiyats iz 22-o‘yin bo‘ldi. Ushbu uchrashuvlarda "PSJ" 16 marta g‘alaba qozongan va 6 bor durang o‘ynagan.

27-turdan keyin "PSJ" milliy chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa hisobida 62 ochko bor.

28-turda parijliklar o‘z maydonida "Klermon"ni qabul qiladi. O‘yin 6 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati