Girassi Shtutgart rekordini takrorladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 05:16
Germaniya chempionatida 27-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, “Shtutgart” o‘z maydonida “Xaydenxaym”ni qabul qildi, ammo debyutantni mag‘lub eta olmadi, o‘yin 3:3 hisobida yakunlandi. Bu o‘yinda aynan “Shtutgart” birinchi bo‘lib gol urdi va bu golni klubning joriy mavsumdagi asosiy to‘purari Seru Girassi kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Girassi joriy mavsumda sakkizinchi bor o‘yindagi ilk golini kiritib, 2006/2007 yilgi mavsumda Mario Gomes tomonidan o‘rnatilgan klub rekordini takrorladi. O‘sha yilda, “Shtutgart” Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Bundesliganing navbatdagi turida Girassi jamoadoshlari Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati