Buxoroda O‘zbekiston-Italiya restavrasiya markazi ochiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 12:46

Markaz Italiya restavrasiya maktabi uslubiyatini O‘zbekistonda tadbiq etishga yordam beradi.

15 mart kuni Toshkent shahrida sakkizinchi bor «Italiya dizayn kuni» bo‘lib o‘tdi.

2023 yilda Buxoroga tashriflar chog‘idagi kelishuvlar asosida ICE hamda Madaniy meros agentliklari o‘rtasida Buxoroda O‘zbekiston-Italiya restavrasiya markazini tashkil etish bo‘yicha texnik bitim imzolandi.

Markazni tashkil etishdan maqsad Italiya maktabining uslubiyati, bilim va konikmalarini organish orqali O‘zbekistonda restavrasiya sohasini rvojlantirishdir.

Tadbir Toshkentdagi Italiya elchixonasi tomonidan ICE agentligi bilan birgalikda Italiyani dunyoga yanada tanitish maqsadida tashkillashtirilmoqda.
Fotosuratlar uyida bolib otadigan ushbu tadbir Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Ikki mamlakat ortasidagi hamkorlik zamonaviy texnologiyalar xususan axborotli modellashtirish hamda virtual reallikdan foydalangan holda madaniy merosni raqamlashtirishga xizmat qiladi.
Konferensiya doirasida turli uslub va davrlardagi Italiya vazalaridagi tasvirlar orqali Italiya dizayn tarixidan hikoya qiluvchi fotosuratlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Bu yilning mavzusi «Sifatni yaratish: inklyuzivlik, innovasiyalar va barqarorlik».
Tadbirdan kozlangan asosiy maqsad Italiya go‘zalligi va uni bebaho meros sifatida saqlab qolish usullari haqidagi ma’lumotlarni jamlash shuningdek, Italiyadagi konservasiyaning nou-xau usullarini taqdim etish, tarqatish va ulashishdan iboratdir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati