Gvardiola: Arsenal pressingda juda yaxshi ishladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 00:16
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan o‘zaro uchrashuvdan so‘ng "Arsenal" haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv golsiz durang bilan yakunlangandi.

"Ular pressingni juda yaxshi bilishadi. Ular bu ishda usta. Lekin biz harakat qildik. "Arsenal"da past blokda ixcham himoyalanadigan ajoyib himoyachilar bor.

Hozir biz faqat dam olishimiz, tiklanishimiz kerak, chorshanba kuni esa qaytamiz”, dedi Gvardiola o‘yindan so‘ng jurnalistlarga.

"Manchester Siti" APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. 3 aprel, chorshanba kuni “shaharliklar” o‘z maydonida “Aston Villa”ni qabul qiladi, o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:15 da boshlanadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati