Nyukasl jamoa sardorining holati bo‘yicha ma’lumot berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 00:04
Jamaal Lascels jarohati tufayli 6-9 oyni o‘tkazib yuboradi.

Himoyachi APLning 30-turidan o‘rin olgan “Vest Xem”ga (4:3) qarshi o‘yinning 17-daqiqasida jarohat olgandi.

"Nyukasl" matbuot xizmati jamoa sardori Jamaal Lasselsning o‘ng tizzasining xochsimon bog‘ichini yirtilganini tasdiqladi.

Futbolchi kelasi haftada operasiya qilinishi kutilmoqda. Lascels 6 oydan 9 oygacha o‘tkazib yuboradi.

Oldinroq "Nyukasl" himoyachisi Sven Botman ham jarohati tufayli kamida 6 oyni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.

Lassels joriy mavsumda APLda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati