Levandovski PSJ bilan o‘yinlarda muvaffaqiyat qozonishiga ishonadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 12:32
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski Fransiyaning “PSJ” klubiga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvidan umidlari bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, jamoalar aprel oyida xalqaro tanaffusdan so‘ng o‘zaro to‘qnash kelishadi.

"Ishonchim komilki, biz "Napoli"ga qarshi ikki o‘yindan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaymiz. Biz Chempionlar ligasining yarim finalida o‘ynaymiz", - deya polshalik forvardning so‘zlarini keltiradi Managing Barca.

Eslatib o‘tamiz, “PSJ”ni hozirda avvalroq “Barselona”da futbolchi sifatida to‘p tepgan Luis Enrike boshqarmoqda. 2014/15 yilgi mavsumda ispaniyalik mutaxassis murabbiy sifatida jamoa bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati