Dani: Krishtianu Ronaldu – Portugaliya uchun haqiqiy jangchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 22:54
Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Migel Dani o‘g‘illari Krishtianu Ronaldudan o‘rnak olishlarini aytdi.

“Krishtianu dunyoning eng yaxshi futbolchisi, u hamma narsani isbotladi, tarixni qayta yozdi, u professionallik namunasidir. Dunyoning barcha futbolchilari Ronaldu bilan yoki hatto Ronalduga qarshi o‘ynash imkoniga ega bo‘lsa, xursand bo‘lishlari kerak. Menga kelsak, undan o‘rnak olishimiz kerak.

Men har doim o‘g‘illarimga aytaman. Agar ular eng yaxshi futbolchi bo‘lishni va eng yuqori saviyada o‘ynashni istasa, ular yaxshi uxlashlari, to‘g‘ri ovqatlanishlari, o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilishlari va ko‘p mashq qilishlari kerak. Va har doim ularga Ronalduni o‘rnak qilib ko‘rsataman. Men ularga Krishtianu nima uchun yuqori saviyada ekanligini tushuntirdim.

Men uchun ham, Portugaliya uchun ham Krishtianu Ronaldu haqiqiy jangchi. U bizning qahramonimiz. Uning terma jamoada o‘ynashda davom etishini istayman. Hozir u Saudiya Arabistoniga ketdi va u yerda gol urishda davom etmoqda. Ishonchim komilki, u kamida 42-43 yoshga to‘lguncha o‘ynaydi. Buning uchun unda hamma narsa bor”, dedi Dani.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati