O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 22:48
17-28 aprel kunlari Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning eng kuchli jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O‘FA rahbariyati va futzal mutasaddilari mazkur yirik musobaqa oldidan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida ushbu musobaqaning mas’uliyati haqida fikr bildirildi. Unga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgani, bir qancha yig‘inlar va xalqaro uchrashuvlar tashkil etilgani qayd etildi. Futzal terma jamoamiz yirik turnirlarda muntazam ishtirok etib kelayotgani aytilib, bu galgi turnirda ham munosib ishtirok etgan holda yuqori o‘rinlarni egallashiga tilak bildirildi.

O‘z o‘rnida jamoa bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes va jamoa sardori Dilshod Rahmatov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

O‘zbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini 17 aprel kuni Avstraliyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati