Arauxo: O‘zimni Barselonadan boshqa joyda tasavvur qilolmayman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 12:24
“Barselona” klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yozda jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Avvalroq urugvaylik futbolchiga Myunxenning "Bavariya" va Angliya Premyer-ligasi klublari qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

"Barselona"ni tark etasizmi? Men o‘zimni boshqa joyda tasavvur qila olmayman", - deya urugvaylik futbolchining so‘zlarini keltiradi Managing Barca.

Mish-mishlarga ko‘ra, "Barselona" agar himoyachi uchun kamida 100 million yevro tovon puli olsa, yozda Arauxoni qo‘yib yuborishga tayyor. Ronaldning o‘zi "Barselona"da o‘zini qulay his qilmoqda va ketishni istamaydi.

Joriy mavsumda Arauxo Ispaniya chempionatining 20 uchrashuvida bitta gol urdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati