Barsa Xavini qolishga ko‘ndirish umidini uzmayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 21:58
"Barselona" Xavini jamoani tark etishdan qaytarishga umid qilmoqda.

Yanvar oyida ispaniyalik futbolchi mavsum oxirida "Barselona" bosh murabbiyi lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi.

Marca xabariga ko‘ra, klub muntazam ravishda Xavini ketish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqiradi. Ayni damda "Barselona" ustozi o‘z rejalarini o‘zgartirgani yo‘q, ammo kataloniyaliklar klubi Xavi kelasi mavsumda jamoa murabbiyi bo‘lib qolishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Ta’kidlanishicha, rahbariyat Xavining "Barselona"ga bo‘lgan muhabbatiga murojaat qilib, uni qolishga ishontirishga umid qilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati