• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • 2024 yilga chigitni ommaviy ekish boshlanishi bo‘yicha tavsiya va ekish optimal muddatlari belgilandi

2024 yilga chigitni ommaviy ekish boshlanishi bo‘yicha tavsiya va ekish optimal muddatlari belgilandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 21:54

Joriy yil mart oyi birinchi yarmi juda ham salqin va chigit urug‘ini tuproqqa qadash uchun qulay muddat bo‘lmadi. Martning boshqa kunlari ham respublika bo‘ylab harorat ijobiy bo‘lgani bilan tuproqning turli chuqurliklarida urug‘ qadash uchun "qulay" tuproq sharoiti (namlik va harorat) kuzatilmadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (https://t.me/uzagroministry/20102) respublikada kutilayotgan kelgusi oylik ob-havo prognozi, havo xarorati, tuproq chuqurlik kesimlaridagi harorat va namligidan kelib chiqib, hududlar kesimida ommaviy chigit ekish muddatini belgiladi. Unga ko‘ra:

➖ Qashqadaryo viloyatida – 28-30 mart;

➖ Buxoro va Navoiy viloyatida - 31 mart - 1 aprel;

➖ Andijon viloyatida – 1-2 aprel;
➖ Farg‘ona, Namangan viloyatlarida – 2-3 aprel;
➖ Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida – 4-6 aprel;
➖ Samarqand viloyatida – 5-7 aprel;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6-8 aprel, janubiy tumanlarida – 4-6 aprel;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati